"Bayrog'imiz - g'ururimiz orimiz'' nomli rasmlar tanlovi tashkil qilindi.
Joriy yilning 13-noyabr kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Infolib O'zbekiston-2025" XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'ini 34 yilligi munosabati bilan "Bayrog'imiz - g'ururimiz orimiz'' nomli rasmlar tanlovi tashkil qilindi. Dastlab oʻquvchilarga Davlat ramzlari, bayrogʻimiz haqida umumiy tushunchalar berildi. Soʻng oʻquvchilar davlat bayrogʻini oʻz tasavvurlari, mahoratlari bilan rasmlarda ifodalashdi.Tanlov yakunida Davlat bayrogʻini oʻz rasmlarida eng goʻzal va yorqin koʻrinishda ifodalagan o'quvchilar kutubxona tomonidan diplomlar bilan taqdirlandilar. Tanlovda 14 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etdi.




