"Baxt va shodlik kuychisi" nomli sheʼriyat kechasi tashkil qilindi
Joriy yilning 11- dekabr sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamkorligida shoir Hamid Olimjon tavalludi munosabati bilan 9- sinf oʻqituvchilari ishtirokida,"Baxt va shodlik kuychisi" nomli sheʼriyat kechasi tashkil qilindi.She'riyat kechasi davomida adibning hayoti va ijodi haqida maʼlumot berilib o'tildi.Hamda oʻquvchilar tomonidan shoirning qalamiga mansub sheʼrlar ijro qilinib o'quvchilar o'zlari bilgan ma'lumotlar bilan fikir mulohaza almashdilar.Shuningdek tadbir davomida adibning ijodiga bagʻishlangan viktorina oʻyinlari hamda video rolik namoyish o'quvchilarga taqdim qilindi . Tadbirda 17 ta oʻquvchil faol ishtirok etdi.