"Bahor keldi seni so'roqlab" nomli she'riyat kechasi va kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 27-fevral sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 20-umumiy o'rta ta'lim maktabining faol kitobxonlari va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida taniqli shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi Zulfiya Isroilovaning tavvaludi munosabati bilan "Bahor keldi seni so'roqlab" nomli she'riyat kechasi va kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.Tadbir davomida shoiraning hayoti va ijod yo'li haqida ma'lumot berib o'tildi.O'quvchilar tomonidan bahrubayt,qizlar ijrosida raqs chiqishlar hamda "Hamid Olimjon va Zulfiyahonim"ning timsoli mavzusida sahna ko'rinishi namoyish etildi.Tadbir so'nggida shoiraning hayoti ijodidan savol-javoblar ham tashkil qilindi.Tadbir bahs munozaraga boy bo'lib 16 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.