" Bahor keldi, seni so'roqlab" nomli she'riyat kechasi tashkil qilindi.
Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludi munosabati bilan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida faol kitobxonlar ishtirokida " Bahor keldi, seni so'roqlab" nomli she'riyat kechasi tashkil qilindi. She'riyat kechasi davomida biblografiya xizmati mutaxassi Mamarajabova Sevara tomonidan Zulfiyaxonim hayoti haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi hamda "Bahor keldi , seni so'roqlab" kitobi sharxlab berildi. Shundan so'ng qizlar tomonidan she'riy chiqishlar tashkil etildi .Tadbir barchaga birdek manzur boʻldi