"Bag'rikenglik haftaligi" doirasida talabalar ishtirokida taqdimot kechasi tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Bag'rikenglik haftaligi" doirasida qardosh qirg'iz xalqining buyuk yozuvchisi Chingiz Aytmatov ijodiga bag'ishlab Jamoat salomatlik texnikumi talabalari ishtirokida taqdimot kechasi tashkil qilindi. Taqdimotda adibning Jamila qissasi haqida so`z bordi. Ushbu asarning yaratilish tarixi, undagi qahramonlar va hayotiy kechinmalar hamda asar mazmuni haqida o`quvchilarga tushunchalar berildi va ushbu kitob o`qish uchun tavsiya qilindi.