Axmedov Umidjon tomonidan kutubxona fondini boyitish hamda kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida markazga kitoblar hadya etildi.
Joriy yilning 4-noyabr sanasida Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazining doimiy va faol kitobxonlaridan biri Axmedov Umidjon tomonidan kutubxona fondini boyitish hamda kitobxonlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida markazga kitoblar hadya etildi.
📖Ushbu ezgu tashabbus kitobga bo‘lgan mehr, ma’rifatga intilish va jamiyatda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Kitob hadya qilish orqali nafaqat kutubxona fondi boyitiladi, balki boshqa kitobxonlarga ham ulashish, ezgulik va ma’rifat tarqatish borasida o‘rnak ko‘rsatiladi.
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi Axmedov Umidjonga samimiy minnatdorlik bildiradi va uning ushbu xayrli tashabbusi uchun tashakkur izhor etadi.
