"Axborot-texnologiyalarini kutubxonadagi roli" mavzusida viktorina va soʻrovnoma tashkil qilindi.
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida "Axborot texnologiyalari" haftaligi doirasida faol kitobxon oʻquvchilar ishtirokida "Axborot-texnologiyalarini kutubxonadagi roli" mavzusida viktorina va soʻrovnoma tashkil qilindi. Dastlab oʻquvchilar uchun soʻrovnoma taqdim qilindi. Undan soʻng axborot texnologiyalari doirasida qiziqarli viktorina tashkil qilinib, qizgʻin bahs munozaraga boy boʻlgan ushbu viktorinada oʻquvchilar oʻz bilimlarini va topqirligini namoyon etdilar. Tadbir soʻngida faol ishtirok etgan oʻquvchilar munosib taqdirlandilar.