"Axborot texnologiyalari" haftaligi doirasida TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil qilindi.
Joriy yilning 27-sentabr kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan "Axborot texnologiyalari" haftaligi doirasida TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi tashkil qilindi. Unda xodimlarga kitobxonlarni kitob oʻqishga jalb qilish maqsadida tayyorlanayotgan booktuber, booktreyler, taqdimot va virtual koʻrgazmalar tayyorlashda yoʻl qoʻyilayotgan xato kamchilik borasida suhbat qurildi. Ushbu online targʻibot usulidan foydalanishda qanday elementlardan koʻproq foydalanish kerakligi, ma'lumotlarni sifat darajasini oshirishda nimalarga koʻproq e'tibor berish kerakligi amaliy va nazariy tushuntirib berildi.Xodimlar ham bu borada oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.