"Axborot-texnologiyalari" haftaligi doirasida faol kitobxonlar uchun Axborot texnologiyalariga oid kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Axborot-texnologiyalari" haftaligi doirasida faol kitobxonlar uchun Axborot texnologiyalariga oid kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi. Dastlab kitobxonlarga bugungi jamiyatimizda Axborot texnologiyalarning oʻrni va ahamiyati, ijtimoiy tarmoqlardan toʻgʻri foydalanish tartibi borasida tushunchalar berib oʻtildi. Shuningdek koʻrgazmaga qoʻyilgan kitoblarga ham sharh berilib, bu borada fikr mulohazalar almashildi.Ushbu koʻrgazmada Ixtisoslashtirilgan maktabning faol kitobxonlari ishtirok etishdi.