"Axborot texnologiyalari" haftaligi doirasida faol kitobxonlar ishtirokida "Yashirin soʻz" nomli tanlov oʻtkazildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Axborot texnologiyalari" haftaligi doirasida faol kitobxonlar ishtirokida "Yashirin soʻz" nomli tanlov oʻtkazildi. Tanlovda oʻquvchilarga 15 ta AKT sohasiga doir soʻzlar yashirin tarzda taqdim etildi. Oʻquvchilar oʻzlarining topqirligi va zukkoligini namoyon etgan holda bilimlarini bir karra sinovdan oʻtkazdi. Yakunda Behruz Sanoqulov barcha tengdoshlarini ortda qoldirib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan munosib ragʻbatlantirildi. Tanlovda 13 nafar kitobxon oʻquvchilar ishtirok etdi.