"Axborot texnologiyalari"haftaligi doirasida 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi.
2024-yil 27-sentyabr kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida "Axborot texnologiyalari"haftaligi doirasida 14-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilarga kutubxona mutaxassislari tomonidan AKM dagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar kutubxonaning haftalik doirasida tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari, "Omadli kitobxon" loyihasi va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar..