Axborot-kutubxona markazida yangi kitobxonlar soni tobora ortib bormoqda.
Ayni damda Do‘stlik tumani Axborot-kutubxona markazida yangi kitobxonlar soni tobora ortib bormoqda. Bu esa aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatiga bo‘lgan qiziqish yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
📖📖📖📖📖
Kutubxonaga tashrif buyurayotgan yangi kitobxonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ular turli yo‘nalishdagi adabiyotlar bilan yaqindan tanishish, o‘z qiziqishlariga mos kitoblarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Kutubxona xodimlari tomonidan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifati ham muntazam ravishda yaxshilanib, ularning ehtiyoj va talablariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📗📗📗📗📗
Kelgusida ham kitobxonlar safini kengaytirish, ularni mutolaaga jalb etish hamda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish ishlari izchil davom ettiriladi.



