Axborot-kutubxona markazida kiberjinoyatlardan himoyalanish va ogoh bo‘lish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 11-mart sanasida Axborot-kutubxona markazida kiberjinoyatlardan himoyalanish va ogoh bo‘lish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
📌 Yig‘ilishda internet tarmog‘ida uchrayotgan firibgarlik va o‘g‘rilik holatlaridan fuqarolarni ogoh qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning muhim jihatlari hamda aholi o‘rtasida kiberxavfsizlik madaniyatini oshirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Taqdimot orqali kutubxona xodimlariga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishda ehtiyot choralariga amal qilish, turli internet firibgarliklariga aldanib qolmaslik bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berildi.



