Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xodimlari tomonidan TAKM xodimlari ishtirokida navbatdagi seminar tashkil qilindi.
Joriy yilning 29-noyabr kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xodimlari tomonidan TAKM xodimlari ishtirokida navbatdagi seminar tashkil qilindi. Seminarda tadbirlarni yoritishda uchrayotgan kamchiliklar haqida soʻz bordi.Unga koʻra har bir tadbirni yoritishda nimalarga e'tibor berish kerakligi, matnni mazmunan kengroq, jarayonlarni aniq ma'lumotlarga asoslangan holda hamkor tashkilotlar, ishtirokchilar soniga ham alohida e'tibor qaratib yozish kerakligi aytib oʻtildi. Xodimlar ham bu borada oʻzlarining fikr mulohazalarini bildirib oʻtishdi.