Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xodimlari tomonidan TAKM xodimlari ishtirokida navbatdagi seminar tashkil qilindi.
Joriy yilning 22-noyabr kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati xodimlari tomonidan TAKM xodimlari ishtirokida navbatdagi seminar tashkil qilindi. Dastlab seminarda AKT xizmati tomonidan Jizzax viloyat AKM tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi kamchiliklar va obunachilar tahlili boʻyicha qilingan statistik koʻrsatkichlar haqida suhbat qurildi. Shundan soʻng yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, obunachilar sonini oshirish, sifatli ma'lumotlar tayyorlash va joylash boʻyicha xodimlarga tushunchalar berib oʻtildi va statistik koʻrsatkichlarni oshirishdagi vazifalar boʻyicha kelishib olindi.



