Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 11-oktyabr kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda AKM ning asosiy ijtimoiy sahifalaridan biri boʻlgan Web sahifa haqida soʻz bordi. Dastlab xodimlarga ushbu sayt haqida umumiy tushuncha berilib, ma'lumotlar va yangiliklar joylash tartibi haqida aytib oʻtildi. Shuningdek Web saytga joylanayotgan ma'lumotlarni sifatini yaxshilash, tashrif buyuruvchilar sonini oshirishda barcha xodimlar ham koʻproq targʻib qilish kerakligi alohida ta'kidlab oʻtildi. Ushbu dastur borasida mutaxassislar qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda amaliy va nazariy tushunchalarga ega boʻldilar



