Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi.
Joriy yilning 13-sentabr kuni Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan TAKM xodimlarining kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Unda Microsoft Power point dasturida ishlash bo'yicha xodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu dastur orqali kitobxonlarni qiziqtiruvchi turli ma'lumotlar, taqdimotlar tayyorlash bo'yicha amaliy va nazariy ma'lumotlar berildi.