Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi davomida Google Drive bulutli xizmatidan foydalanish, unda ma’lumotlarni elektron shaklda saqlash, tartiblash va kerakli fayllarga istalgan vaqtda hamda turli qurilmalardan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, Google Drive’ning fayllarni xavfsiz saqlash, ularni boshqa foydalanuvchilar bilan ulashish, birgalikda tahrirlash va ma’lumotlarni yo‘qolishdan himoyalash kabi foydali jihatlari amaliy misollar asosida tushuntirildi.
Tadbir davomida xodimlar Google Drive bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar.


