Axborot bibliografiya xizmati xodimlari tomonidan Zakovat intellektual o'yini tashkil qilindi
Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlarini kasbga oid bilimlarini hamda intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida Axborot bibliografiya xizmati xodimlari tomonidan Zakovat intellektual o'yini tashkil qilindi. Ushbu Zakovat o'yinida xodimlar 2 guruhga ya'ni "Zukkolar va Topqirlar” jamoalariga bo'linib, o'zaro bellashishdi. Zakovatda jami 20 ta mantiqiy, sohaga oid hamda asarlardan tuzilgan qiziqarli savollar o'ynaldi. Qizg'in bahs-munozaraga boy bo'lgan ushbu Zakovat o'yini yakunida 6:5 hisobida Topqirlar jamaosi g'olib bo'lishdi va jamoa a`zolari munosib taqdirlandilar.