Asqad Muxtorning «Kumush tola» asariga kitob sharhi o‘tkazildi.
Joriy yilning 21-sentabr kuni Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bo‘g‘zor MFY hududida joylashgan 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari ishtirokida Asqad Muxtorning «Kumush tola» asariga kitob sharhi o‘tkazildi.
🔴Tadbir davomida o‘quvchilarga asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan g‘oyalar hamda muallifning ijodiy faoliyati haqida ma’lumot berildi. Kitobxonlar bilan asarning tarbiyaviy ahamiyati, insoniy qadriyatlar va hayotiy saboqlar yuzasidan fikr almashildi.
✅Kitob sharhi o‘quvchilarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda kitobxonlikka keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.


