ʼʼAsarlarda adolat va haqiqat gʻoyasiʼʼ nomli davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 25- dekabr sanasida Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamkorligida Tohir Malik tavalludi munosabati bilan ʼʼAsarlarda adolat va haqiqat gʻoyasiʼʼ nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida maktabning 7-sinf oʻquvchilari faol ishtirok etdi.Oʻquvchilarga Tohir Malikning hayoti va ijodi, asarlaridan parchalar soʻzlab berildi. Oʻquvchilarning kitob mutolasiga boʻlgan qiziqishi oshirildi va Tohir Malik ijodining tarbiyaviy ahamiyatini yana bir bor namoyon etildi. Qolaversa oʻquvchilarga yozuvchining "Alvido bolalik" qissasi soʻzlab berildi va qiziqarli savol-javoblar oʻtkazildi.Davra suhbatida 28 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.



