"Aql solig'i" nomli o'smirlar uchun hikoyalar, rivoyatlar va masallar kitobi taqdimoti tashkil qilindi.
Joriy yilning 21-iyul sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Aql solig'i" nomli o'smirlar uchun hikoyalar, rivoyatlar va masallar kitobi taqdimoti tashkil qilindi. Faol kitobxonlar ishtirok etgan ushbu taqdimotda kitobdagi hikoya va rivoyatlarning har biri, ibrat ko'zgusi hamda hikmat xazinasi bo'lib, xalq donishmandligini o'zida mujassam etganligi haqida kutubxona xodimi tomonidan sharhda aytib oʻtildi. Kitob o'quvchi yoshlarga manzur bo'lib, 8 nafar kitobxon yoshlar ishtirok etishdi.



