" Amir Temur vorislari " nomli tadbir tashkil etildi.
Yurtimizda 1993-yildan " Vatan himoyachilari kuni " keng nishonlanib kelinadi. Shu munosabat bilan Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida tuman maktablarining faol kitobxon o'quvchilari ishtirokida " Amir Temur vorislari " nomli tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida xodimlar tomonidan Xalqaro maydonda o'z so'zi va o'rniga ega bo'lib borayotgan Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatlari va yurtimiz ravnaqi yoʻlida jon fido qilgan buyuk ajdodlarimiz nomi yodga olinib, oʻquvchilarga qiziqarli ma'lumotlar berib oʻtildi. Oʻquvchilar ham bu borada oʻz fikr mulohazalarini bayon etib, yurt oʻgʻlonlarini bayram bilan qutladilar. Tadbirda 18 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etdilar