Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag‘ishlab " Zakovat intellektual " o'yini oʻtkazildi
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Milliy Gvardiya qo'riqlash xizmati bo‘limi xodimlari ishtirokida Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag‘ishlab " Zakovat intellektual " o'yini oʻtkazildi . Ushbu zakovat o‘yinida Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan tuzilgan " Temuriy izdoshlari " hamda " Intellekt " jamolari o`zaro bellashishdi. Bellashuvda Amir Temur hayotiga oid qiziqarli savollar o'ynaldi va tadbir yakunida "Temuriy izdoshlari" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.