Amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Joriy yilning 23-sentabr kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Do'stlik tumani Qahromon M.F.Y dagi 4-maktab kutubxonasida kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish, kitob fondini tartibga solish va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.
✅Tashrif davomida kutubxona fondining saqlanishi, kitoblarni joylashtirish va tartibga keltirish, yangi adabiyotlarni hisobga olish hamda kataloglashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🗣Shuningdek, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, kitob berish-qaytarish jarayonlarini to‘g‘ri yuritish, kutubxona hujjatlarini rasmiylashtirish va yuritish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.
