"Algoritm" jamoasi ishtirokida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi.
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlikni yanada rivojlantirish kitobxon yoshlarni adabiyotga bo'lgan mehrini yanada oshirish maqsadida "Algoritm" jamoasi ishtirokida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi. Zakovat o‘yinida o‘zbek xalqining sevimli shoir va yozuvchilari G‘.G'ulom, X.To‘xtaboyev, A.Qahhor, E.Vohidov, O‘tkir Hoshimov, S.Axmadlarning asarlaridan savollar berildi. Jamoa a`zolari berilgan 10 ta savoldan 8 tasiga javob berib, g‘oliblikni qo'lga kiritdi.