AKT xizmati tomonidan markaz xodimlari uchun navbatdagi seminar tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan AKM xodimlari ishtirokida navbatdagi seminar tashkil etildi. Dastlab xodimlarga Ijtimoiy tarmoqlar faoliyati haqida umumiy tushunchalar berilib, soʻng har bir ijtimoiy tarmoqqa kirish, ma'lumotlar joylash,foydalanish tartibi boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.Shuningdek har bir xodimlarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish boʻyicha maxsus qoʻllanma kartalar tarqatilib, ushbu karta har bir xizmat boʻlimiga kitobxonlar uchun ham qoʻllanma tarzda joylashtirilib chiqildi.Qolaversa Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va viloyat AKM ning ijtimoiy tarmoqlari, veb sahifalari haqida ham tushunchalar berib oʻtildi.