AKM xodimlari ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yini oʻtkazildi
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yini oʻtkazildi. Ushbu Zakovat oʻyinida xodimlar ikki "Bahoroylar" va "Zukkolar" jamoalariga boʻlinib, oʻzaro bellashishdi. Oʻyin davomida jami 12 ta savol oʻrtaga tashlandi. Qizgʻin bahs munozaraga boy boʻlgan ushbu intellektual o'yin yakunida "Bahoroylar" jamoasi umumiy 6:4 hisobda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ushbu Zakovat oʻyini barcha birdek manzur boʻldi.