AKM xodimlari ishtirokida "Kutubxona gurungi" loyihasining navbatdagi gurungi tashkil etildi
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazida “Kutubxona gurungi” loyihasi izchil davom etmoqda. Bugun AKM xodimlari ishtirokida loyihaning navbatdagi gurungi tashkil etildi.
Mazkur gurungda yozuvchi Iqboloy Umarovaning “Oʻgay taqdir” asari muhokama qilindi. Kitobni Axborot-bibliografiya xizmati rahbari M.A.Raximova sharhlab, asarning mazmun-mohiyati, unda ko‘tarilgan hayotiy muammolar va muallifning badiiy yondashuvi haqida o‘z taassurotlarini ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashdi.
Gurung yakunida barcha xodimlar asar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar. “Oʻgay taqdir” kitobi keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallangani, shuningdek, hayotiy haqiqatlarga asoslanganligi alohida ta’kidlab oʻtildi.
Kutubxonachilar ushbu asarni kitobxonlarga tavsiya etishda “Kutubxona gurungi” loyihasi eng samarali va ta’sirchan usullardan biri ekanini qayd etdilar.
Navbatdagi gurung esa yozuvchi Xolid Husayniy qalamiga mansub “Ming quyosh jilvasi” romani muhokamasiga bagʻishlanadi.



