" Ajdodlar ruhi mangu barhayot " nomli bellashuv tadbir tashkil etildi.
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy- shoir, mutafakkir, jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri, davlat arbobi, faylasuf. Har yili yurtimizning har bir jabhasida Navoiy tavalludiga bagʻishlab turli tadbirlar, adabiy kechalar oʻtkazilib kelinadi. Bu yil ham Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida tumandagi 14- 18 - 20-umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 10- sinf o'quvchilari ishtirokida " Ajdodlar ruhi mangu barhayot " nomli bellashuv tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida maktab o'quvchilar guruhlarga boʻlingan holda 3 shart asosida oʻzaro bellashishdi. Har bir shart qizgʻin bahs munozaralarga boy tarzda boʻlib oʻtdi va yakuniy natijalarga koʻra 14 - umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari faxrli birinchi o'rinni olishdi. Tadbir soʻnggida gʻolib jamoalar va faol ishtirok etgan oʻquvchilar munosib taqdirlandi.