Ahmad al-Beruniyning 1051 yilligi munosabati bilan "Jahon sivilizatsiyasining ulkan asoschisi"shiori ostida "Xorazmlik qomusiy alloma" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Do'stlik axborot-kutubxonasi markazi hodimlari tomonidan 4-sentabr kuni Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniyning 1051 yilligi munosabati bilan "Jahon sivilizatsiyasining ulkan asoschisi"shiori ostida "Xorazmlik qomusiy alloma" nomli davra suhbati tashkil qilindi."Narsalar qanday bo‘lmog‘i lozimligini bilish aqlli odamga xosdir; narsalarning haqiqatda qandayligini bilish tajribali odamga xos; narsalarni yanada takomillashtirishni bilish buyuk odamga xos"dir.Darhaqiqat izlanishdan tolmagan buyuk qomusiy allomamiz ham arab,yunon,fors,ibroniy,suryoniy,sanskrit tillarini mukammal oʻrgangan va ayni shunday muhim ma'lumotlarni kitobxonlarga sharh davomida aytib oʻtildi. Kitobxonlar orasidan ham Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodiga qiziquvchilar borligi davra suhbatini yanada qiziqarli bahs munozaraga boy boʻlishiga sabab boʻldi. Oʻquvchilar alloma haqida yana qoʻshimcha yangi ma'lumotlarga ega boʻldilar.Davra suhbati barchaga birdek manzur bóldi.