ahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy tadbir tashkil etildi.
Joriy yilning 13-fevral sanasida Do‘stlik tuman hokimligi, Madaniyat markazi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy, musiqiy tadbir tashkil etildi.
📚Tadbir doirasida Axborot-kutubxona markazi tomonidan ishtirokchilar uchun kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazmadan ajdodlarimizdan bizga bebaho meros bo‘lib qolgan nodir asarlar o‘rin oldi.
Tadbirga yig‘ilgan mehmonlar va ishtirokchilar taqdim etilgan kitoblar bilan yaqindan tanishib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Ko‘rgazmaga 60 dan ortiq kitoblar qo‘yildi.



