Agata Kristi ijodiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Joriy yilning 15- sentyabr sanasida Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida mashhur ingliz yozuvchisi, detektiv janrining buyuk namoyandasi Agata Kristi ijodiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
💬Ko‘rgazmadan yozuvchining mashhur asarlari, jumladan, “Ular o‘nta edi”, shuningdek, uning hayoti va ijodiga oid kitoblar o‘rin olgan. Agata Kristi o‘zining sirli voqealar, kutilmagan burilishlar va zukko qahramonlarga boy asarlari bilan butun dunyo kitobxonlarining mehrini qozongan.
🗣Ushbu ko‘rgazma kitobxonlarni Agata Kristi ijodi bilan yaqindan tanishishga, uning qiziqarli detektiv asarlarini mutolaa qilishga chorlaydi

