“Adolat va himoya — har bir ayolning huquqi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazida “Adolat va himoya — har bir ayolning huquqi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
⚡️Tadbir davomida mavzu yuzasidan tayyorlangan taqdimot namoyish etilib, unda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning sha’ni, qadr-qimmati va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish hamda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚜️Shuningdek, ishtirokchilarga xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish va jamiyatdagi mavqeyini mustahkamlashga qaratilgan amaldagi qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari bilan tanishtirildi.



