Adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Do'stlik tuman Axborot-kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish,saqlash va ularga ishlov berish xizmati tomonidan "Yuksak iste'dod sohiblari" nomli adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi.Ko'rgazmada kutubxonaning faol kitobxon o'quvchilari ishtirok etdi.Ko'rgazma davomida xalqimizning sevimli shoir va yozuvchisi Abdusaid Ko'chimov tavalludi munosabati bilan shoirning hayot yo'llari hamda asarlari haqida ma'lumot berilib,"Muhabbat bog'lari" nomli she'riy to'plamini sharxlab go'zal she'rlaridan o'qib eshittirildi.Shundan so'ng "Bu kim? taniysizmi?","Parcha qaysi asardan?" "Iborani davom ettiring" deb nomlangan qiziqarli o'yinlar tashkil qilindi.