Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida targʻibot va tashviqot ishlari olib borildi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 16-sentyabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida targʻibot va tashviqot ishlari olib borildi.
🗣Targʻibot jarayonida texnikum talabalariga axborot-kutubxona markazining ish faoliyati, kitobxonlarga yaratilgan imkoniyatlar hamda mavjud kitob fondi haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, talabalariga tibbiyot sohasi boʻyicha ilmiy va oʻquv adabiyotlari bilan bir qatorda, badiiy adabiyotlarni muntazam mutolaa qilishning ahamiyati tushuntirildi.
💬Yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning bilim va dunyoqarashini boyitish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda mutolaa madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.


