Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumi talabalari ishtirokida kutubxona bo'ylab ekskursiya tashkil etildi.
Joriy yilning 22-aprel kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumi talabalari ishtirokida kutubxona bo'ylab ekskursiya tashkil etildi. Ekskursiya davomida kutubxona mutaxassislari tomonidan AKM dagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga Do'stlik tuman tarixiy muzeyi ham tanishtirildi. Kutubxonada bo'layotgan yangiliklar barchaga manzur bo'ldi.



