Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalari ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi.
Joriy yilning 23 - oktabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazida Do'stlik tuman Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalari ishtirokida kutubxona bo'ylab sayohat tashkil etildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilarga kutubxona mutaxassislari tomonidan AKMdagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar kutubxonaning barcha xizmatlari, kitob ko‘rgazmalari va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishtirildi.