Abdulla Qodiriy tavalludi munosabati bilan kitobxon o'quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
Do‘stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan O‘zbek romanchiligining asoschisi, jadid adabiyotining namoyondasi Abdulla Qodiriy tavalludi munosabati bilan kitobxon o'quvchilar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida oʻquvchilarga yozuvchi hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bagʻishlab, qiziqarli savol javoblar ham tashkil qilindi. Davra suhbati qiziqarli ma'lumotlarga boy tarzda yakunlandi.