Abdulla Oripovning tavalludi munosabati bilan "Mehrga muhtoj qalblar kuychisi" nomli davra suhbati tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida 9-umumiy oʻrta ta'lim maktabining kitobxon oʻquvchilari ishtirokida Oʻzbekiston qahramoni unvoni sohibi, oʻzbek shoiri, tarjimoni va jamoat arbobi Abdulla Oripovning tavalludi munosabati bilan "Mehrga muhtoj qalblar kuychisi" nomli davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbati davomida barchamiz uchun sevimli yozuvchilarimiz Abdulla Oripovning hayoti va ijodi haqida ma'lumotlar berildi. Uning "Sohibquron" drammasi ustida bahs-munozaralar, qiziqarli savol- javoblar boʻlib oʻtdi. Davra suhbati barchaga birdek manzur boʻldi.