A. Navoiy mahallasida mahalla aholisi ishtirokida "Shukronalik festivali" tashkil etildi.
Doʻstlik tuman hokimligi, Mahallalar uyushmasi hamda Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi hamkorligida joriy yilning 6-iyul sanasida Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan A. Navoiy mahallasida mahalla aholisi ishtirokida "Shukronalik festivali" tashkil etildi.
Festivalda mahalla nuroniy oqsoqollari, faollari hamda mahalladagi iqtidorli yoshlar faol ishtirok etdilar.
Doʻstlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 60 dan ortiq yangi adabiyotlardan iborat kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga Erkin Malikning "Shaytonvachchaning nayranglari" asari mazmuni va tarbiyaviy ahamiyati haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi.
Tadbir davomida kuy-qoʻshiqlar yangradi, onaxonlar tomonidan jonli ijroda folklor qoʻshiqlari kuylanib, bayramga oʻzgacha fayz va koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi. Mazmunan boy va yuqori saviyada tashkil etilgan festival ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirib, barchaga birdek manzur boʻldi.



