8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi.
Joriy yilning 25-aprel sanasida Doʻstlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan V Respublik kitobxonlik haftaligi doirasida 1-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida zakovat intellektual oʻyini oʻtkazildi. Ushbu zakovat oʻyinida oʻquvchilar 4ta jamoaga boʻlinib, oʻzaro bir birlarini sinashdi. Qizigʻin bahs-munozaralarga boy boʻlgan oʻyinda "yigitlar" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kirtishdi. Faol ishtirokchilarga diplom taqdim etildi. Ushbu zakovat intellektual oʻyinida 24 nafar faol oʻquvchilar ishtirok etdi.