8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi.
7-mart sanasida Doʻstlik tuman AKM ning boshlang'ich kasaba uyushmasi tashkiloti rahbari Munira Raximova tomonidan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan davra suhbati tashkil qilindi.Davra suhbati avvalida kutubxona xodimlarini bayram bilan tabrikladi va ularga sohani rivojlantirishda qoʻshayotgan hissalari uchun minnatdorlik bildirdi.Ularni sohada olib borayotgan mehnatlari, erishayotgan yutuqlari alohida takidlab oʻtildi. Davra suhbatida ayollarning jamiyatda oʻz o'rnini topishlari uchun oʻz ustlarida ishlari va bilim koʻnikmalarini mustahkamlab borishlari kerakligi takidlab oʻtildi.