7-sinf o'quvchilari uchun "Yangi adabiyotlar" ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 28-yanvar kuni Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish saqlash va qayta ishlov berish xizmati xodimlari tomonidan 18-umumiy o'rta ta'lim maktabining 7-sinf o'quvchilari uchun "Yangi adabiyotlar" ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ko'rgazmaga qoʻyilgan yangi adabiyotlar bilan o'quvchilar yaqindan tanishtirildi. O'quvchilar o'zlari qiziqqan kitoblarni olib, qisqacha o'qib tanishib chiqdi. Ko'rgazmaga 65 ta kitob qo'yildi va 17 nafar o'quvchi yoshlar jalb etildi.