5- maktabning 5-6-sinf o'quvchilari ishtirokida kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
Joriy yilning 24– fevral kuni Do`stlik tuman axborot-kutubxona markazidа Manas MFYda joylashgan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 5- maktabning 5-6-sinf o'quvchilari ishtirokida kutubxona bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
📌Kutubxona mutaxassislari tomonidan AKM dagi xizmatlar faoliyati, axborot-kutubxona fondi, kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida ma’lumotlar berildi.
📌 Bundan tashqari kutubxonaning kitob ko‘rgazmalari, elektron zal, erkin zona va kutubxona yangiliklari bilan yaqindan tanishdilar.



