4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida kutubxona faoliyatiga oid targ‘ibot ishlari olib borildi.
Joriy yilning 31-mart sanasida Do‘stlik tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Qahramon MFY hududidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida kutubxona faoliyatiga oid targ‘ibot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga kutubxonaning yaratilgan shart-sharoitlari, mavjud adabiyotlar fondi hamda kutubxonaga a’zo bo‘lish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Mazkur targ‘ibot ishlari o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularni mutolaa jarayoniga keng jalb etishga xizmat qiladi.


