30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.
Joriy yilning 27-iyun sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan faol kitobxonlar va kitobxonlar klubi a'zolari ishtirokida
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan "Yoshlar yangi O`zbekiston bunyodkorlari" nomli tadbir tashkil qilindi.
Tadbir davomida ijodkor yoshlarning chiqishlari, turli qiziqarli viktorina oʻyinlari, musiqiy va madaniy dasturlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Eng faol yoshlar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.Ushbu tadbir yoshlarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kuchaytirish, ularning bilim va salohiyatini namoyon etishlari uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.