3-sonli DMTTdagi ko‘chma kutubxona fondidagi kitoblar yangilanib, almashtirildi.
KO‘CHMA KUTUBXONA FONDI YANGILANDI
Do‘stlik tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan kitobxonlarning badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini yanada qondirish maqsadida 3-sonli DMTTdagi ko‘chma kutubxona fondidagi kitoblar yangilanib, almashtirildi.
Ko‘chma kutubxonadagi avvalgi adabiyotlar o‘rniga yangi, mazmunan boy va qiziqarli kitoblar joylashtirildi. Mazkur adabiyotlar kitobxonlarning qiziqishlari, ehtiyojlari hamda yosh toifalaridan kelib chiqib tanlandi.
Ushbu ishlar aholining, ayniqsa, yosh avlodning kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda kitoblarni kitobxonlarga yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
Ko‘chma kutubxona — kitobni kitobxonga yetkazuvchi ezgu tashabbus!
