3-sonli DMTT koʻchma kutubxona kitobxonlari ishtirokida,,Oʻqiymiz ham oʻynaymizʼʼ nomli qiziqarli viktorina oʻyinlari tashkil qilindi.
Doʻstlik tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan lV Respublika kitobxonlik haftaligining 2-kunidan o'rin olgan 3-sonli DMTT koʻchma kutubxona kitobxonlari ishtirokida,,Oʻqiymiz ham oʻynaymizʼʼ nomli qiziqarli viktorina oʻyinlari tashkil qilindi.Viktorina davomida kitobxonlar Ezgulik va Omadlilar guruh jamoalariga boʻlinib, oʻzaro 4 ta shart asosida bellashishdi. Mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga javob beraolmagan jamoalarga qiziqarli shartlarni bajarishni topshirildi.Savol-javoblar hamda shartlar boʻyicha bellashuvda 3 -1 hisobi bilan Ezgulik jamoasi gʻolib boʻldi hamda esdalik sovgʻalari va diplom bilan taqdirlandi.