2-umumiy o'rta ta'lim maktabida 4-sinf oʻquvchilari uchun kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi.
Joriy yilning 1-dekabr sanasida Do'stlik tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-umumiy o'rta ta'lim maktabida 4-sinf oʻquvchilari uchun kitoblar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Koʻrgazma doirasida Jahon xalq ertaklaridan "Uchar gilam" kitobiga sharh berildi. Shuningdek o'quvchilar o'zlari o'qigan ertaklaridan parchalar aytib o'tdilar.Shu bilan birgalikda zamonaviy axborot-kutubxona markazi unda tashkil qilingan loyihalar, kutubxonadan foydalanish qoidalari va a'zo bo'lish shartlari haqida ham qisqacha tushuntirilib o'tildi.


